Yakshanba, 19.05.2024, 07:12
Salom Гость | Guruh "Mehmonlar" | RSS
Kirish
Qidirish

Главная » 2009 » Noyabr » 5 » Bilib qo'ygan yaxshi
12:07
Bilib qo'ygan yaxshi
Quydagi tilloga teng maslaxatlar TTA biokimyo kafedrasi muallimlari Hojimetov A. va Axmadaliyev N. lar tomonidan ma’ruza va amaliyot darlarda berilgan. Xayotda nafaqat shifokor, balki o’z sog’ligi uchun qayg’urgan xar bir inson uchun asqotadi bu maslaxatlar.

Nega odamning "jig’ildoni qaynasa” mineral suv ichadi?
Sababi, oshqozonning pilorik sfinkteri ochilishi uchun oshqozon va 12 barmoqli ichakning pH muhiti bir-biriga yaqin bo’lishi kerak. Mineral suv aynan shu muhit, ya’ni oshqozon pilorik qismidagi muhitni 12 barmoq ichaknikiga yaqinlashtirib beradi, sfinkter ochilib, oshqozonda turib qolgan ovqat luqmasi (ximys) ichakka o’tadi. Lekin mineral suv so’rilishda ishtirok etmaydi.

Nonni quruq o’zini emas, balki bo’ktirib yegan ma’qul. Chunki, quruq o’zi yeilgan non oshqozonga tushgach kislotali oshqozon shurasini shimib oladi ava xazm bo’lishi qiyinlashadi.

Moshli ovqatga go’sht qo’shib bo’lmaydi. Chunki, ularni parchalovchi ferment bitta bo’lib, bunday hollarda ikkalasi "talashib” qoladi. Bu "kurash”da go’sht "yutib chiqadi” va moshni parchalovchi ferment kamayib qoladi. Natijada uning xazm bo’lishi qiyinlashadi.

Shunday xolatlar bo’ladi: Bemor podagra bilan kasallangan, og’riq yurak sohasida xam bo’lishi xam mumkin (o’zi podagra siydikda siydik kislota ko’p chiqishi oqibatida yuz beradi) Buni ko’rgan shifokor yurakka quvvat berish uchun riboksin buyuradi. Riboksin parchalanishlar natijasida siydik kislota hosil bo’ladi. Qarabsizki, vrach siydik kislotani kamaytirish o’rniga uni ko’paytirib yuboradi.

Tor oyoq kiyim kiyishning zarari nimada?
Qonda siydik kislota Na+ bilan qo’shilib tuz hosil qiladi va bu tuz suvda erimaydi.
Bu tuz barmoqlar siqilgan joyga kelganda shu yerda to’planadi va o’riq beradi.

Odam chuqur nafas olib sekin chiqarishi kerak. Chunki, CO2 ko’p jarayonlar uchun zarur. Agar nafas tez chiqarilib yuborilsa organism CO2 dan foydalana olmaydi va kerakli CO2 uchun buyrakka "murojaat qilishiga” to’g’ri keladi.

Qalqonsimon bezni operatsiya qilayotganda juda ehtiyot bo’lish kerak:
1. Qalqonoldi beziga zarar yetkazmaslik kerak
2. Qalqonsimon bez juda ko’p qon tomirlar bilan ta’minlanganligi tufayli qon ketishdan ehtiyot bo’lish kerak
3. Agar bu bezning bir bo’lagi qonga tushib qolsa, organism unga yot jism sifatida qarab, antitelo ishlab chiqaradi va autoimmune holat kelib chiqadi.

Kista – ayollarda erkaklik garmoni oshib ketganda hosil bo’ladi. Masalan, bachadon yoki tuhumdon olib tashlansa ayollik garmoni o’rniga erkaklik garmoni sekretsiyasi kuchayadi.

Odam nega narkotok yoki alkogolga o’rganib qoladi?
Odam organizmida doim spirt va endomorfin degan modda ishlab chiqariladi. Bular organizmdagi turli og’riqlarni (ichak perestaltikasi, yurak qisqarishi, o’pkaning nafas olishida ma’lum o’riqlar bo’ladi, lekin biz yuqoridagi moddalar hisobiga uni sezmaymiz) yo’q qilib turadi. Qachonki, organizm narkotik yoki alkogol qabul qilsa bunday ko’p miqdorda kelgandan keyin organism o’zi juda kam ishlab chiqarayotgan shu maddalar sintezini to’tatadi. Tashqaridan narkotik berilmasa (va o’z-o’zidan ichkarida ham endamorfin yo’q) odamga yuqoridagi og’riqlarning hammasi seziladi – buni "lomka” deb ataladi.
Категория: Foydali | Просмотров: 2220 | Добавил: Admin | Рейтинг: 2.1/7
Всего комментариев: 2
2 Меирбек  
Жуда керакли маълумотлар екан, рахмат, яна ёзинглар...

1 Oybek  
Проф. Хаджиметов рахмат сог булсинлар

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Bizning savol
Сиз келажакда қайси сохани танламоқчисиз?
Barcha javoblar: 1606
Tesha tegmagan gaplar
Statistika

Onlayndagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MED-PED tma-medped@mail.ru © 2024
Сайт создан в системе uCoz