Dushanba, 29.04.2024, 05:30
Salom Гость | Guruh "Mehmonlar" | RSS
Kirish
Qidirish

Главная » 2010 » Iyul » 27 » BOLALARNING O’Z TANASINI O’RGANISH DAVRI VA ULARDA SHARM-HAYO HISSINI TARBIYALASH
03:39
BOLALARNING O’Z TANASINI O’RGANISH DAVRI VA ULARDA SHARM-HAYO HISSINI TARBIYALASH
Taxminan 3 yoshlardan boshlab ko’pchilik bolalar o’z tana a’zolari bilan, jinsiy a’zolari o’rtasidagi farq bilan qiziqa boshlaydilar. Bolalar bundan ancha oldin ham genetal organlariga qiziqsinib qarab, ularga tegina boshlashadi, ammo bu hali ma’lum maqsadga qaratilmagan hatti-harakat bo’ladi. Bola ilgari o’z qo’li, oyog’i, burnini qanday payqagan bo’lsa, endi o’z jinsiy a’zolarini ham shunday payqay boshlaydi… Bu davrda bola atrofdagi barcha narsalarni, shu jumladan o’zini ham boshdan oyoq diqqat bilan o’rgana boshlaydi. Bola oynaga qarab o’z tilini qanchalik qiziqib o'rgansa, genetal a’zosini ham shunday bir xil qiziqish bilan o’rganib, ular haqida o‘zining sevimli "nega bunaqa?” savolini berishi mumkin. Bu tabiiy jarayon. Shuning uchun bunday savollarni yumshoqlik, bosiqlik bilan "chetlab o’tish” kerak, bolaga qilayotgan bu ishi yaxshi emasligi yoki uning jinsiy a’zosi qandaydir uyatli, yomon narsa ekanligi haqidagi fikrlarni singdirmaslik kerak. Axir siz farzandingiz o’z tana a’zolariga nisbatan sog’lom, tabiiy munosabatda bo’lishini istaysiz-ku. Agar tananinig qaysidir qismi bolani qanchalik qo’rqitadigan bo’lsa, bu narsa uning e’tiborini shunchalik ko’proq tortadi va oxir-oqibat yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Agar siz farzandingiz o’z jinsiy a’zosi bilan o’ynab o’tirganini ko’rib qolsangiz o’zingizning beo’xshov hatti-harakatingiz bilan, bolangiz shu ishni qiladigan bo’lsa uning o’zi yoki jinsiy a’zosi bilan nimadir sodir bo’lishi haqidagi afsonalar to’qish bilan uni qo’rqitib yubormang. Afsuski, ba’zi kishilarda u yoki bu tarzda bunday o’ta qo’pol munosabat tez-tez uchrab turadi. Kichkintoyni yumshoqlik bilan boshqa bir narsaga chalg’itish mumkin, axir siz uning bu narsani qilmasligini istaysiz, ammo uning o’zini jinoyatchi deb his qilishini va unda qandaydir bo’lmag’ur fikrlar o’rnashib qolishini istamaysizku. Ba’zi bolalar boshqa bolalar bilan o’ynaganlarida bir-birlariga qarashlari, ularning a’zolarini o’rganishlari va hatto "Vrachning qabulida bo’lish” o’yinini tashkil etishlari ham mumkin.

Musulmon bolalarga ular o’sib-ulg’ayib borishlari bilan "avrot” (ya’ni, uyat joylar) tushunchasini, shunga muvofiq holda, islomiy hatti-harakat normalarini singdirib borish lozim.
Umuman olganda ota-onalar ulamolarning: ” 4 yoshga to’lmagan bolalarda, xoh u o’g’l bola bo’lsin, xoh qiz bo’lsin, qarash uyat hisoblanadigan joylari yoq”? – deganliklarini bilib qo’yishlari lozim. 4 yoshdan keyin to balog’at davrigacha esa ularning "avrot’lari ularning chotlari va dumbalaridir, ya’ni genetal organlari va unin atrofidir. Balog’atga ytgach esa ularning "avrot”lari kindiklaridan tizzalarining pastrog’igacha bo’lgan joylari (qizlarda esa mos ravishda .yuz va qollardan boshqa hamma joylari)dir.
Shubhasiz, yosh bolalar erkin harakat qilish va yangi hissiyotlardan quvonib, yalong’och yurlishni xush ko’radilar va shu tufayli vaqti-vaqti bilan ularga bunday imkoniyatlarni yaratib berish kerak. Go’daklik davrida ba’zi paytlar: gimnastka qildirilayotganda, masaj qilayotganda, cho’miltirish oldidan va, hatto, emizdirayotgan paytda bolani yichintirilgan holatda ushlab turih lozim. Bularning barchasi organizmga chiniqtiruvchi, quvvatni oshiruvchi ta’sir qilib, sog’lom hissiyotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning blan birga bolalarni yoshligidanoq to’g’ri keyintirish va ularga begona kishilar oldida o’z jinsiy a’zolarini ochiq holda ko’rsatishga ruxsat bermaslik bilan sharm-hayo hissini singdirib borish ham zarur. Dastlab, hali bolalar kichikligi va musta’qil bo’lmagan davrida bu ishlarni ular uchun ota-onalar qilib, bu sohada bolalarga o’rnak bo’ladilar, keyinchalk bolalar, tabiiyki, berilgan tarbiyani o’zlariga singdirib, shunga muvofiq kiyinadilar va o’rgatilgandek o’zlarini tutadilar.
Garchi ko’pgina ota-onalar bolalarning doimiy ravishda yalong’och yurishlarida biron-bir hijolatli holatni ko’rmasalar va bu holni o’zlari uchun qulaylik yoki bolani chiniqtirish vositasi deb hisoblasalarda, fikrimizcha, aynan mana shu yerda bunga qarshi bir qancha dalillar keltirish o’rinli deb hisoblaymiz:
-bolaning doimiy ravishda yalong’och yurishi uning bunday holatga ko’nikib qolishiga olib keladi, shuningdek, uning o’z jinsiy a’zosiga teginib turishga odatlantiradi, chunki unga osongina tegina olishi mumkin bo’ladi. Ayniqsa bolaning tashvishli onlarida, masalan, uni urushganlarida yoki u biror narsaga urilb lat yeganida – sunga o’xshash ixtiyoriy bir paytda - bu a’zosiga tegib, tasalli topadi va bu narsa ongida saqlanib qolib, onanizmga olib kelishi mumkin;
-bolaning butun xona bo’ylab u yoqdan by yoqqa yurishi yoki siljishi - sodda qilib aytganda – gigienaga to’g’ri kelmaydi.;
-bola o’z jinsiy a’zosini jarohatlashining real xavfi bo’ladi, chunki u atrofdagi narsalarni qiziqish bilan o’rganadi va ularni o’zida sinab ko’rishga harakat qiladi! Hayotiy tajribaga ega bo’lmaganligi tufayli u buning oqibatda nimalarga olib kelishinini bilmaydi, onasi bo’lsa hamma narsadan boxabar bo’la olmaydi;
-isqirt yurishga o’rganishga olib keladi, chunki agar bola hali tuvakka o’rgatilmagan bo’lsa, u xona bo’ylab yurib, nazoratsiz holda duch kelgan joyga siyisb va ichi kelib ketaveradi, bu esa bolani tuvakka otirishga o’rgatishni qiyinlashtiradi, chunki bunday bolada xohishi haqida onasiga xabar berish malakasi hosil bo’lmagan bo’ladi, bundan tashqari u ho’l ishtonda yurishdan noqulaylik sezmaydi, chunki u ishtonsiz yuradi-da;
-bolaning jamoat joylarida, masalan, ko’ldagi plyajda, istirohat bog’larida va shunga o’xshash joylarda yalong’och yurishi ba’zi kishilarning suq nazari tushishiga, hatto ular tomonidan ma’lum bir ta’sirga uchrashiga olib kelishi mumkin, undan tashqari ko’zikishi mumkin.
Shuningdek, musulmon ota-onalarga o’zlarining bolalarini yalang’och holda suratga tushirishga haddan tashqari berilib ketishlarini ham maslahat bermasligimizni ta’kidlashni istardik. Bunday odat nomusulmonlar orasida tarqalgan. O’zingiz bir o’ylab ko’ring, yosh qizaloqning fotoalbomiga qanday tartib beriladi: 1-betda yangi tug’lgan murga’k go’dakning chalqancha yothan yalang’och, oyoqlarini keng ochgan holdagi surati joylashtirilgan bo’lib, tagida: "Salom, men Anyaman”, - deb yozib qoyilgan. Boshqa bir sahifada esa - "Anya tuvak ustida”. O’ylaymizki, keyinroq bolaning o’ziga bu albomni boshqalarga ko’rsatish noqulay bo’ladi. Bunday munosabat bolaga nisbatan odobsizlik va hurmatsizlikdan boshqa narsa emas.
"Avrot” bekitiladi, u odamlarga ko’z-ko’z qilinmaydi.
Musulmonlar o’z bolalariga qarindoshlari oldida ham, begonalar oldida ham o’zlarini odob bilan tutishni o’rgatadilar. Qiz bolalarga o’tirganlarida tizzalarini bir joyga yiqqan holda tutishlari lozim ekanligini bu narsa ularda odat holiga tushguncha eslatib turish lozim. Shuningdek, bolalarning kiyimlariga ham e’tibor berish lozim, axir bolalar sayr qilish davomida pillapoyalarga chiqadilar, turnikda aylanadilar va hokazo. Shular bilan bog’liq holda ularda musulmonlar boshqalar oldida "avrot”larini ochishlari mumkin emasligi haqidagi fikrni singdirish lozim.
Umuman olganda bolalarni nimagadir o’rgatish ishi uzoq muddatli va tadrijiy jarayondir. Bu yerdagi asosiy qoida – kattalar tomonidan o’rnak bo’lish, hech bir zerikmasdan va bolaga tanbeh bermasdan, bosiqlik, xushmuomalalik bilan, ammo qat’iy ravishda bir narsani takrorlashdir, musulmon ota-onalarning vazifasi esa bolalariga ziyon zaxmat etkizmagan holda payg’ambarimiz (CAV)ning: "Shubhasiz, odob-axloq va din bir-biridan boshqa-boshqa narsalar emas: ulardan biri ketsa, ikkinchisi ham yo’qoladi”? – degan so’zlariga amal qilgan holda bolalarini sharm-hayoli va Alohdan qo’rqadigan qilib tarbiyalashdir. (Ibn Abbos va Ibn Umar; Abu Bakr Ahmad ibn al-Husayn al-Bayhoqiy).

Dinara Badritdinova

http://muslim-child.ucoz.ru saytidan Izzatilloh Nuriddin tarjimasi.

Manba: www.ayol.uz

Категория: Foydali | Просмотров: 2807 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Bizning savol
Сиз келажакда қайси сохани танламоқчисиз?
Barcha javoblar: 1597
Tesha tegmagan gaplar
Statistika

Onlayndagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MED-PED tma-medped@mail.ru © 2024
Сайт создан в системе uCoz