Seshanba, 30.04.2024, 06:57
Salom Гость | Guruh "Mehmonlar" | RSS
Kirish
Qidirish

Главная » 2010 » Iyul » 27 » BIR EKSPEDITSIYA TARIXI
03:24
BIR EKSPEDITSIYA TARIXI
BIR EKSPEDITSIYA TARIXI (M. Qayumovning xotiralari va ayrim manbalar asosida Sohibqiron Amir Temur qabrini ochish bilan bog’liq ma'lumotlar)

QABRNI OCHISHDAN KO’ZLANGAN MAQSAD

O’sha davrda buyuk sarkarda qabri qayerda joylashgani va umuman Amir Temur O’zbyekistonda dafn etilganligi haqidagi gaplarga Sovet rahbariyati shubha bilan qarardi. 1941 yil 21 mart kuni Stalinga Markaziy komityet va Madaniyat ministrligi tomonidan Go’ri Amir maqbarasida arxeologik qazishma ishlarini olib borish haqida xat yetib keldi. Ekspeditsiyaning maqsadi – Amir Temur qabrini aniqlash va O’rta asrlarda yashab, faoliyat yuritgan Temuriylar sulolasini ilmiy asosda tekshirib o’rganish deb ko’rsatilgandi.
Tegishli hujjatlar tayyorlangandan so’ng Stalinning buyrug’iga ko’ra ishchi guruh tuzildi. Unga boshliq qilib olim va jamoat arbobi Qori Niyozov tayinlandi. Guruhga tilshunos olim A.Semyonov, antropolog olim M.Gerasimov, taniqli yozuvchi S.Ayniylar kiritildi (o’sha paytlar Amir Temur haqida asar yozish S.Ayniyning orzusi edi). Malik Kayumov esa ish jarayonini tasvirga oluvchi bosh operator etib tayinlandi. 1941 yil 15 may kuni, ekspeditsiya boshlanishi belgilangan kundan 5 kun oldin, ishchi guruhi Samarqandga yetib keldi va tayyorgarlik ishlari ko’rib qo’yildi. Go'ri Amir majmuasidagi qabrlarning ochilishi haqida xabar topgan mahalliy aholi norozilik bildirib, yig’ilishib kela boshlashdi. Birinchi kundanoq minglab odamlar kelishdi. Yig’ilganlarning ba’zilarini esa bu olimlar nimalar qilmoqchi ekanligini bilish qiziqtirar edi.


ISHNING BOSHLANISHI

1941 yil 2 iyun birinchi ish kuni deb belgilandi. Har ehtimolga qarshi mahalliy ustalar ham chaqirib qo’yildi. Shu kuni ertalab soat 8:00 da majmuadagi qabrlardan birining ustidagi toshni ko’tarishdi. Bu qabrni o’rganish uchun 3 kun sarflandi. Negadir undagi suyak qoldiqlari yaxshi saqlanib qolmagan edi. Gerasimov faqat bosh chanog’i va umurtqa suyaklarini olib, ularni bir qutiga soldi. Bu qabr Amir Temurning suyukli farzandi Shohruh Mirzoga tyegishli edi.

IKKINCHI QABRNING OCHILISHI

Navbatdagi - ikkinchi qabr ustiga qo’yilgan tosh og’irligi tufayli uni ko’tarish uchun mahalliy aholi ham yordamga chaqirildi. Ustalar zanjirlarni richaglar bilan tortib, qabr ustidagi toshni ko’tarib olishdi. Bu qabr ichidagi kishining bosh suyagi tana suyaklarining yonida turardi. Bosh chanog’ida o’tkir tig’dan qolgan izlar ham bor edi. Guruh a’zolarida Temurning sevimli nabirasi Mirzo Ulug’bekning qabri ochilganligiga shubha qolmagandi. Ulug’bek qabri bilan ikki hafta shug’ullanishdi. Suyaklar, kiyim qoldiqlari ham saqlanib qolgan edi.

ENG QIYIN ISH KUNI

Navbat Amir Temur qabriga yetib kelganini ko’pchilik sezayotgan edi. Olimlarning e’tibori birinchi bo’lib qabr ustidagi toshga o’yib yozilgan yozuvlarga tushdi. Unda "Vaqti kelib hammamiz bu dunyoni tark etamiz. Bizgacha ham buyuklar bo’lgan va bundan keyin ham bo’ladi. Agarda kimda-kim bu narsani tan olmasa, qabrni qo’zg’ab yoki o’tganlar ruhini byezovta qilsa, eng dahshatli baloga yo’liqsin” degan mazmun aks etardi. Yozuving oxirgi so’zlari ekspeditsiya a’zolarini sergaklantirib, qo’rquvga soldi. Ishni to’xtatmoqchi ham bo’lishdi. Ammo "yuqorining buyrug’i” bo’yicha qilinayotgan ishni hech bir qo’rquv to’xtata olmasdi.
21 iyun kuni ertalab soat 7:00da ishchi guruh a’zolari yig’ilishdi. Lekin ish hadeganda yurishavermadi. Ish boshlanganidan yarim soat o’tar-o’tmas ko’tarish krani buzilib qoldi. Qabr ustida yotqizilgan plitani syekin-asta qo’lda sura boshlashdi. Uning tagida tuproqdan boshqa hech narsa ko’rinmasdi. Kunning yarmiga kelganda plitani ochishga muvaffaq bo’lishdi. Olimlar qo’llari bilan yerni kovlay boshlashdi. Soat 13:00 gacha uchta marmar plitani olib tashlashga ulgurishdi. Nihoyat, tobutning qora qopqog’i ko’rindi. Kutilmaganda barcha yoritish uskunalari o’chib qoldi. Har xil ovozlar eshitilib, nafas olish qiyinlasha boshladi. Tanaffus e’lon qilindi.

BASHORATCHI CHOLLAR VA ARAB YOZUVIDAGI KITOB

Tanaffus paytida Malik Qayumov choy ichmoqchi bo’lib hovliga chiqdi. Uning ko’zi qo’llarida bir kitobni ushlab o’tirgan uchta cholga tushdi. Malik Qayumov otaxonlar bilan salom-alik qilar ekan, chollar undan: "O’g’lim, sening ham qazishma ishlariga aloqang bormi?”, - deb so’rashdi. Operator hazillashib: "Men asosiy odamman, mensiz bular ishlay olishmaydi”, - deb javob berdi. Chollar esa: "Temurning qabrini ochish mumkin emas, urush boshlanadi”, - deb aytishdi. Malik Qayumov: "Buni sizlar qayerdan bilasizlar?” - deb so’raganida, uning qo’liga qariyalar arab yozuvidagi katta bir kitobni tutqazishdi. Arab yozuvini o’qiy oladigan operator diqqat bilan sahifadagi jumlalarni o’qiy boshladi, unda: "Buyuk lashkarboshi qabrini qo’zg’ash mumkin emas. Aks holda urush boshlanadi”, - deyilgandi.
Malik Qayumov tezda Qori Niyozov, S.Ayniy va A.Semyonovlarni chaqirib keldi. Ular ham keksalar bilan salomlashib, kitobni o’qishga kirishib ketishdi. S. Ayniy chollarni koyib, ularni hassasi bilan hayday boshladi. Otaxonlar ortiga qaytishdi.
Malik Qayumov o’ychan holda anchagacha chollarning orqasidan kuzatib qoldi. Qariyalar muyulishga yetar-yetmas o’z-o’zidan g’oyib bo’lib qolishdi. Operator ko’zlariga ishonmadi va tezda o’ziga kelib, ularning ketidan yugurdi. Ammo chollarni topa olmadi. Mahalliy aholidan surishtirganida ham hech kim u chollarni ko’rmaganligini va faqat ular haqida turli gap-so’zlar eshitishganini aytishdi. Balki bu otaxonlar insoniyatni oldinda turgan fojiadan ogohlantirish uchun odam kiyofasida kelgan farishtalarmikin?..

QABRDAN XUSHBO’Y HID TARALDI

Soat 15:30 da ish jarayoni yana yorug’lik bilan ta’minlandi. Antropolog olim Gerasimov tobut ustidagi oxirgi taxtalarni olayotganida qandaydir tasvirlab bo’lmas xushbo’y hid atrofga taraldi. Qabr ichida bir baquvvat bahodir odam yotganligi syezilib turardi. Gyerasimov Temur bosh chanog’ini qo’lida tutib, atrofdagilarga ko’rsata boshladi. Buyuk lashkarboshining o’ng oyog’idan yaralanganligi izlari uning suyaklarida ham saqlanib qolgan edi. Temur qabrining ochilganligiga barchaning ishonchi komil bo’ldi. Ayniy esa xursandligidan: "Aytganim to’g’ri chiqdi, Temurning qabri Samarqandda ekan” deya qichqirardi. O’sha kuniyoq turli gazyeta va radiokanallarda "sovet olimlarining Temur qabrini topishganligi” to’g’risida xabarlar tarqaldi.

MASH’UM XABAR YOKI… QARG’ISH TEGDIMI?

22 iyun tongida urush boshlanganligi to’g’risidagi xabar radio orqali e’lon qilindi. Gitlerchilar sovyet o’lkasiga urush e’lon qilgan edi. Ekspeditsiya guruhi bu mash’um xabarni eshitib, o’zlarini yo’qotib qo’yishdi. Bashoratchi chollarni quvib solgan S.Ayniy esa bir burchakda mung’ayib, o’tirib qoldi. Ekspeditsiya ishini to’xtatishib, Toshkyentga qaytishdi. M.Gerasimov Temur bosh chanog’ini o’rganib, uning yuz tuzilishini ishlash uchun suyak qoldiqlarini olib Moskvaga yo’l oldi.

TAN OLINGAN AFSONA YOKI...

"Amir Temur suyak qoldiqlari solingan quti Moskva osmonida, front ustida aylantirilib, o’z joyiga qo’yilgandan so’ng urush olovlari so’na boshladi”. Nafaqat xalq og’zidan, balki mutaxassis olimlar tomonidan aytilayotgan bu fikrlar afsona yoki haqiqatligi borasida hali-hanuz aniq bir to’xtamga kelingani yo’q. Rus pravoslav cherkovi ham yuqorida qayd etilgan quti aylantirilgan chegaradan dushman askarlari umuman o’ta olmagan, deya taxminiy mushohada yuritishadi.
Ancha sirli va har xil gap-so’zlarga sabab bo’lgan Temur qabrini o’rganish bo’yicha ishlar yakuniga yetgach, hisobot tayyorlandi. Uning bir nusxasi "markaz”ga jo’natilgan bo’lsa, yana biri Amir Temur qabrini yopishayotganda tobutiga qo’shib solindi. Bu hisobot to’rt tilda – o’zbyek, rus, fors va ingliz tillarida Samarqand qog’oziga xitoy siyohida yozilgan, dyeya ko’rsatma byeradi olimlar. Ikki kundan kyein Stalingrad ostonalarida g’alaba qozonilganligi to’g’risida xushxabarlar yetib keldi...

O'TGANLARNING RUHLARINI BOSHQA BEZOVTA QILISHMADI

Bu voqealardan so’ng Stalin umrining oxirigacha Temur qabrini bezovta qilmadi. Temuriylar tarixi bo’yicha Ermitaj muzeyida o’tkazilishi ko’zda tutilgan ko’rgazma ham amalga oshmadi. Temur haqida kitob yozishni niyat qilgan S.Ayniy ham bu borada hech narsa yoza olmadi. Ko’lga kiritilayotgan g’alabalardan quvongan "O’rtoq Stalin” 1943 yil yozida Samarqanddagi Temur maqbarasiga e’tiborini qaratib, unga 3-ekspeditsiyani jo’natdi. Maqbara va unda joylashgan qabrlarni ta’mirlash uchun 1000 000 rubl (o’sha paytda bu pulga taxminan 500 ga yakin so’nggi rusumdagi mashina olish mumkin edi) mablag’ ajratganligi to’g’risida ma’lumotlar bor.

Xidirova Radxa

Manba: www.ayol.uz

Категория: Qiziqarli | Просмотров: 4579 | Добавил: Admin | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Bizning savol
Сиз келажакда қайси сохани танламоқчисиз?
Barcha javoblar: 1597
Tesha tegmagan gaplar
Statistika

Onlayndagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MED-PED tma-medped@mail.ru © 2024
Сайт создан в системе uCoz