Yakshanba, 19.05.2024, 11:22
Salom Гость | Guruh "Mehmonlar" | RSS
Kirish
Qidirish

Главная » 2010 » May » 31 » Зохир Олим шеърлари
16:36
Зохир Олим шеърлари
Bu sahifada Buhorolik shoir do'stimiz ZOHIR OLIM ijodidan bahramand bo'lishingiz mumkin.

QO'LINGNI BER....

Qo’lingni ber, qo’lingdan tutay,
Taftin sezay yuzimga surub.
Dunyo dardin bir bor unutay,
Sevib qoldim bir bora ko’rib.

Qo’lingni ber, qo’lingdan tutay,
Borlig’imga aylan umurbod.
Yaqinroq kel, bir bora quchay
Qayta menga bagishla hayot.

Qo’lingni ber, qo’lingdan tutay.
Sevishimni aylayin bayon.
Qalbmdagi g’amni unutay,
Boqiy bo’lsin ushbu jarayon.

Qo’lingni ber, qo’lingdan tutay,
Baxt bag’ishla azizam shundoq.
Extirosga ko’milib ketay,
Labing teksin labimga qaynoq.

Qo’lingni ber….

VOZ KECHING

Mayli, mendan voz keching butkul,
Mayli meni eslamang sira.
Sherlarimni yoqib aylang kul,
Qoldirmangiz mendan xotira.

Oy chiqqanda boqmang osmonga,
Eslatmasin shirin tunlarni.
Qaramangiz shafaq tomonga,
Tilamasman mahzun kunlarni.

Yomgir yoqsa berkiting quloq,
Etkizmasin salomlarimni.
Ox, bunchalar yig’lamang uzoq,
Parkand etib xayollarimni.
Sevilmadim sevib naylayin,
O’zga hayot olaman boshlab.
Xoxishingiz vojib aylayin,
Mayli kuring mensiz ham yashab…

SENGA
G’ururimni chekkaga surub,
Taslim bo’ldim sen esa g’olib.
Anglolmadim sen qanday qilib,
Yuragimga kirding bostirib.

Kundan kunga ayladi ado,
Bu shirin dard, shirin orziqish.
Ko’zim yumsam bo’lasan paydo
Mumkinmikan shunday sog’inish.

Bugun shunga men qildim qaror,
Intilaman doim sen tomon.
Menda biror qoldirmay asror,
Osmon kabi sirlisan hamon.

Sher ichaman mayning o’rniga,
Tuni bilan bo’laman sarxush.
Sevib qoldim seni butunlay,
Bu sen uchun bo’lsada noxush.
Sen ham yo’lg’iz sen ham beorom,
Uxlolmaysan tunda to’lg’onib.
Sen shirin tush menga atalgan,
Cho’chiyapman- ketmay uyg’onib…

NASIBAMIZ

Sensiz o’tgan oqshom sochingday uzun,
Ko’zimga ilindi xayoling bu tun,
Yo’limizni to’sar ming sabab nechun,
Nasibamiz bizni sog’inish ekan.

Baxor kelibdiki nigohlar hazon,
Muazzin pichirlab aytadi azon,
Telba rux vujudni aylaydi sarson,
Nasibamiz bizni sog’inish ekan.

Qachon uchrashmoqlik, qachondir diydor,
Hammasi oldinda xali imkor bor,
Kichkina bir umud yurakka mador,
Nasibamiz bizni sog’inish ekan.

Quyoshning xajrida oy bag’ri siniq’
Ishqi bor yuraklar tong kabi tiniq,
Sexrlangan jumboq bo’lyabti aniq.
Nasibamiz bizni sog’inish ekan.

Sensiz o’tgan oqshom sochingday uzun……

HATO QILDIM
Ishqim sizqa ovunchog’u ermak bo’ldi,
Endi sizni dil og’rinib ko’rmak bo’ldi,
Ko’rsatganing ishq axliga o’rnak bo’ldi,
Bevafoyim- vafo kutib xato qildim.

Muhabbatdan rux uchardi oldinlari,
Izxoringdan tog’ ko’chardi oldinlari,
Aytgin shirin kim quchardi oldinlari,
Bevafoyim- vafo qilib xato qildim.

Ko’z yosh to’kma yolg’ondakam isbot qilib,
Yashirmagin xiyonating faryod qilib,
Nima topding sevgimizni barbod qilib,
Bevafoyim- vafo kutib xato qildim.
Ishq haqida...

Xazin boqar nechun ko’zlaring
Titrab chiqdi nechun so’zlaring.
YuragimnI bezagan bahor
Ne sirlaring bor …

Xayol uchdi, xushlarim uchdi,
Shubha, gumon vujudim quchdi.
Bu tunni ham o’tkazdim bedor.
O’zim aybdor …

Osmon boshga qulagani chin
Bevafolik ne vajdan nechun?
Oqizdi ishq gulini anhor
Tuyg’ular xor …

Muxabbat yo’q ekan qalbingga,
Sabab aytma boshqa aybingga.
Shayton so’qmoq ko’rsatar ayyor
Gunohi bor…

Sensizlikdan azobi yo’qdir
Qarashlaring paykoni o’qdir
Jon oladi kuliganing dildor
Kim u yarador …

Xayirlashding afsusdaman deb,
Uchganlaring boylik zaru zeb
Baxting tilab aytildi alyor
Yor-yor…

Ishonchimni paymol etding
Vadalarga aldanib ketding
Ishq haqida gap so’zlar bisyor
Hammasi…bekor …


DARD QOLDI….
Men ketib boryapman ortga qaramay ,
Bu galki so’zlarim sherga o’ramay,

Endi qo'yavering ko'ngil so'ramay

Hammasi tugadi, faqat dard qoldi.
Sizdan yuragimga o’chmas gard qoldi.

Yanchildi dilimda o’sgan gullarim,
Sizga boshlamaydi bu gal yo’llarim,
Xayr-deb silkidim cho’zib qo’llarim,
Hammasi tugadi, faqat, dard qoldi.
Sizdan yuragimga o’chmas gard qoldi.

Muhabbatim dilimga solib,
Azoblardan bezib og’rinib,
Ketmoqdaman qabrim sog’inib,
Hammasi tugadi, faqat, dard qoldi.
Sizdan yuragimda o’cmas gard qoldi.

KELDI ASRAGIM...

Birga bo'lolmaymiz.
Sabab arzimas.
Men seni o'yladim
O'zimni emas.

Bu dunyo beshavqat
Muhabbat yarim.
Men seni o'zimdan
Keldi asragim....

Sen esa sevasan
Kutmay hech narsa.
Senga arzimayman
Bir o'ylab ko'rsa.

Sen hammadan go'zal
Tonggi shabnamim.
Men seni o'zimdan
Keldi asragim....

Bevafo- demagin
Demagin "qochqoq"
Men seni o'yladim
O'zidan ko'proq.

Shodligim, quvonchim
Qayg'u hasratim.
Men seni o'zidan
Keldi asragim....
Yig'lama ko'zyoshlar
Ketmasin uvol.
Boshqa nechun deya
Bermagin savol.

Baxtli bo'l hamisha,
Yolg'iz tilagim.
Men seni o'zimdan
Keldi asragim....

MASXARABOZ

Tomosha maydoni. Bir masxaraboz.
Hammani o'ziga qaratib olgan.
Kimningdir ko'ngliga quvonchu shodlik
Kimningdir ko'ngliga hayratlar solgan.

Turli bo'yoq surkab ko'zi betiga,
Namoyon etmoqchi taxtsizligini.
Balki, masxaraboz grim ostiga
Yashirmogchi bulgan baxtsizligini.

Keng oyoq kiyimda saxnada chopib,
Og;zida hushtagi chalar chur-churlab.
Kuladi ba'zida qax-qaxa otib,
Yig'ladi o'zini- o'zi majburlab.

Aslida, bizni ham hayot saxnasi,
O'ynatib quyadi- qilib "boz-boz"lar.
Yuragi alamu g'amlarga to'la,
Chehrasi jilmaygan masxarabozlar.




Meni sevib qolsayding. (O.Nazarbekov qo'shigi'ga.....)
Bugun so'ngi onlar o'tib bormoqda.
Ketaman hayotdan bezib, og'rinib.
Har kuni kechmoqchi bo'laman sizdan,
Yurak talpinadi netay sog'inib.

Bir olam taasurot, qalb to'la armon.
Dunyo ko'rolmadi bunday dard qaytib.
O'zim o'zligimni qilaman vayron,
Ketyapman siz sevgan qo'shig'ni aytib...

......meni sevib qolsayding........

O'tib borayotir kunlar besamar,
O'zim tushunmadim bu qanday g'amlar.
Faqat siz tabbasum bera olardiz,
Meni yig'latganda hamma odamlar.

Qqniydi- qaniydi aylansam erga,
Oyog'iz ostiga yayrasa jonim.
Sog'insak ikkimiz tinglaymiz birga,
O'sha taronani ox, mehribonim.

Bahor yakunida tugadi bari,
Boshqa yo'l tanladik o'zimiz bilmay.
SHumidi- shumidi mehrning qadri
Chalinar bir qo'shiq quloqqa tinmay.....

.....meni sevib qolsayding......


_______________________________

Oldindami hali hijronlar.
Baxt olishdan qolibmizmi kech.
Foniylikdan so'zlar vayronlar.
Sevganimni aytolmadim hech.
Sen emessan taqdirning quli,
Men emasman unga ovunchoq.
So'nmoqdami sevgimiz guli
Uchrashaylik jonim bugunoq.
Dardlashaylik to'lganku yurak,
Olain sen ayt sevgi izxoring.
Qo'lingni ber tilaylik tilak
Ko'zyoshlarsiz kelsin bahoring.
Oyga boqsam husning kurinar,
Atirgul bag'rida sen bosgan lablar.
Qachongacha shunday did-dirar
Oramizda bu sovuq gaplar.















Категория: She'rlar | Просмотров: 3896 | Добавил: Admin | Рейтинг: 2.2/8
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Bizning savol
Сиз келажакда қайси сохани танламоқчисиз?
Barcha javoblar: 1606
Tesha tegmagan gaplar
Statistika

Onlayndagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MED-PED tma-medped@mail.ru © 2024
Сайт создан в системе uCoz